Bugun
28
O'zbek

JCH-2026. Saybari Fransiyaga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

Futbol
9 iyul, 02:05
Marokash bosh murabbiyi Ismoilning maydonga qaytishi uchun vaqt kerakligini aytib o'tdi.
JCH-2026. Saybari Fransiyaga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi
Foto: Getty Images
09.07.2026, 16:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Marokash Marokash

Marokash milliy jamoasi futbolchisi Ismoil Saybari 2026 yilgi jahоn chempionati chorakfinal bosqichi doirasidagi Fransiyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

«Marokash milliy jamoasining barcha futbolchilari Fransiyaga qarshi o'yinga tayyor, Saybaridan tashqari. Uning maydonga qaytishi uchun vaqt kerak.

Lekin umid qilamanki, Saybari turnir oxirigacha safdan chiqmagan», — dedi Marokash milliy jamoasi bosh murabbiyi Muhammad Uahbi ESPN nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot o'rnida, Ismoil 1/8 final bosqichi doirasidagi Kanadaga qarshi o'yinning (3:0) 22-daqiqasida almashtirilgandi. Dushanba kuni 24 yoshli futbolchi MRT tekshiruvdan o'tdi va unda son orqa qismi paylarida yengil jarohat aniqlangandi.

Hozirga qadar Saybari 2026 yilgi jahоn chempionatida 3 ta gol urib, Marokash milliy jamoasining eng yaxshi to'p urari bo'lib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Marokash Marokash
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar