Braziliya milliy jamoasi Jahon chempionatidan chiqib ketganidan so‘ng vatanga faqat bir futbolchi — «Flamengo» himoyachisi Danilo Luis da Silva qaytdi. Bu haqda Folha de S.Paulo nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 1/8 finalda Norvegiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin ning barcha 26 futbolchisiga darhol javob berilgan. Biroq o‘yinchilarning aksariyati to‘g‘ridan to‘g‘ri Braziliyaga emas, boshqa davlatlarga yo‘l olgan. Ular boshqa mamlakatlarda ta'til o‘tkazishadi yoki keyinroq klublariga qo‘shilib, yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlashadi.
Bosh murabbiy Karlo Anchelotti ham mag‘lubiyatdan keyingi kuni Kanadaga jo‘nab ketgan. U yerda uning oilasiga tegishli uy bor.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya ushbu mundialda XXI asrdagi Jahon chempionatlaridagi eng yomon natijasini qayd etdi.
Braziliya JChni tark etganidan so‘ng milliy jamoa samolyotida faqat bir futbolchi vatanga qaytdi
Futbol
8 iyul, 17:45
O‘yinchilarning katta qismi ta'til o‘tkazish uchun boshqa mamlakatlarga yo‘l olishdi.
Foto: Getty Images