Bugun
10
O'zbek

Neymarning kelajagi bo'yicha uchta ehtimoliy ssenariy ma'lum qilindi

Futbol
8 iyul, 15:55
Braziliyalik yulduz milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagach, bir nechta variantni ko'rib chiqmoqda.
Neymarning kelajagi bo'yicha uchta ehtimoliy ssenariy ma'lum qilindi
Foto: Getty Images

Braziliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Neymar faoliyatini qanday davom ettirishi borasida uchta ehtimoliy ssenariy ma'lum bo'ldi. Bu haqda UOL nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, JCH-2026 boshlanishidan avvalroq Neymarning yaqinlari futbolchi futboldan ruhiy jihatdan charchaganini payqagan. Qayd etilishicha, u 15 yil davomida Braziliya milliy jamoasida o'ynaganiga qaramay, OAV tomonidan yetarlicha e'tirof etilmayotganidan do'stlariga shikoyat qilgan.

Nashrning yozishicha, Braziliyaning Norvegiyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, Jahon chempionati 1/8 finalida musobaqani tark etganidan va Neymar milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilganidan so'ng, uning kelajagi bo'yicha uchta asosiy variant mavjud.

Birinchi variant — «Santos»ga qaytib, amaldagi shartnomasini oxirigacha bajarish. Ikkinchisi — bosim kamroq bo'lgan boshqa klubga o'tish. Uchinchi ehtimol esa professional futbolchilik faoliyatini yakunlash hisoblanadi.

Qayd etilishicha, Neymarning otasi futbolchining faoliyatini yakunlash variantiga ochiqchasiga qarshi chiqqan.

Bugungi yangiliklar