“Neftchi” bosh murabbiyi Islom Ismoilov “Zenit”ga (1:4) qarshi oʻrtoqlik oʻyinidan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
"Zenit" nafaqat Rossiyada, balki Yevropada ham yaxshi jamoa hisoblanadi. Atmosfera ajoyib edi, arena ham juda yaxshi. Ha, biz yirik hisobda mag‘lub bo‘ldik, lekin qo‘shish uchun imkoniyatlarimiz bor. Bu biz uchun foydali tajriba bo‘ldi.
Menimcha, "Zenit" Chempionlar ligasida bemalol o‘ynay oladi — ularning tarkibi ham, murabbiyi ham yaxshi", — deya Ismoilovning so‘zlarini keltiradi Championat muxbiri.
Ma'lumot uchun, Rossiya klublari 2022 yilda FIFA va UEFA musobaqalarida ishtirok etishdan chetlatilgan.
Islom Ismoilov: "Zenit" - YCHL darajasidagi jamoa. Bu o‘yin bizga foydali tajriba bo‘ldi
Futbol
8 iyul, 16:20
"Neftchi" bosh murabbiyi Rossiya chempionidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Foto: Neftchi PFC
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi