Live
1
O'zbek

Nazorat oʻyini. "Neftchi" "Yaypan"ni magʻlub etdi

Futbol
3 iyul, 14:45
Uchrashuvda muxlislar 3 ta gol guvohi boʻldi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Nazorat oʻyini. "Neftchi" "Yaypan"ni magʻlub etdi
Foto: FC Neftchi

Fargʻonaning "Neftchi" klubi nazorat uchrashuvi doirasida "Yaypan" bilan kuch sinashdi.

Unda Islom Ismoilov shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchdi. "Yoʻlbarslar" safida gollarga Nurbek Sarsenbaev va Xurshid Gʻiyosov mualliflik qildi. Yaypanliklarning yagona goli esa Akbar Ibrohimjonov nomiga qayd etildi.

Avvalroq "Neftchi"ning argentinalik tahlilchi murabbiyi Fakundo Stik jamoa bilan xayrlashgani ma'lum qilingandi.

3 iyul.
Fargʻona shahar, "Istiqlol" stadioni.
Neftchi — Yaypan 2:1

Gollar: Sarsenbaev 17, Gʻiyosov 90 — Ibrohimjonov 31.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Yaypan Yaypan
Bugungi yangiliklar