Live
1
O'zbek

Tunis futbolchilarining JCHda topshirgan testida taqiqlangan modda aniqlandi

Futbol
3 iyul, 10:10
Milliy jamoaning 8 nafar futbolchisi topshirgan doping-testi ijobiy natija bergan.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Tunis futbolchilarining JCHda topshirgan testida taqiqlangan modda aniqlandi
Foto: Getty Images

Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Jahon chempionati-2026da Tunis milliy jamoasining sakkiz nafar futbolchisining doping testida taqiqlangan modda izlari aniqlangan.

Manbaning xabar berishicha, gap nafas yo‘llarini kengaytiruvchi va Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan klenbuterol haqida bormoqda.

U Tunis milliy jamoasining Meksikadagi mashg‘ulot bazasida zararlangan go‘shtni iste’mol qilish oqibatida organizmga tushgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Vaziyat haqida futbolchilarning klublari ham xabardor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Tunis milliy jamoasi JCH-2026ni guruh bosqichidan keyinoq tark etdi. Birinchi turdagi omadsizlikdan keyin mamlakat futbol federatsiyasi jamoa bosh murabbiyi Sabri Lamushini iste’foga chiqardi, ammo jamoa Erve Renar boshchiligidagi ikki o‘yinda ham mag‘lub bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tunis Tunis
Bugungi yangiliklar