Live
7
O'zbek

Ter Stegen faoliyatini «Ayaks»da davom ettiradi — Romano

Futbol
3 iyul, 11:27
Tajribali germaniyalik posbon Kataloniyani tark etmoqda.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Ter Stegen faoliyatini «Ayaks»da davom ettiradi — Romano
Foto: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi darvozaboni Mark-Andre ter Stegen Niderlandiyaning «Ayaks» jamoasiga o‘tadigan bo‘ldi. Klublar va futbolchining agenti o‘rtasida to‘liq kelishuvga erishilgan.

34 yoshli darvozabon ijara asosida «Ayaks» safiga 2027-yil yoziga qadar ko‘chib o‘tadi. Futbolchi maoshining kattagina qismini Niderlandiya klubi to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, Ter Stegen 2014-yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib keladi. O‘tgan mavsumning ikkinchi qismini kiper «Jirona»da ijarada o‘tkazdi, ammo jarohat sabab faqatgina 2 ta o‘yinda maydonga tusha oldi..

Ma’lumot uchun, «Ayaks» yangi mavsumda Konferensiyalar Ligasida ishtirok etadi.

Bugungi yangiliklar