Live
6
O'zbek

Rasman: Ake — «Fenerbahche» futbolchisi

Futbol
3 iyul, 12:01
Olti karra APL chempioni faoliyatini Turkiyada davom ettiradigan bo‘ldi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Rasman: Ake — «Fenerbahche» futbolchisi
Foto: Getty Images

Turkiyaning «Fenerbahche» klubi Angliyaning «Manchester Siti» klubining niderlandiyalik himoyachisi Natan Ake transferini rasman e’lon qildi.

Niderlandiya milliy jamoasi safida jahon chempionati-2026da ishtirok etgan futbolchi ta’tili yakunlangach, turk klubining Avstriyadagi yig‘iniga borib qo‘shiladi.

31 yoshli Ake 2020-yildan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Jamoa safida u to‘rt marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, professional faoliyatining dastlabki qismida yosh Natan «Chelsi» safida yana ikki marta APL g‘olibligini tantana qilgan.

Ma’lumot uchun, Niderlandiya milliy jamoasi jahon chempionati 1/16 final bosqichida Marokash milliy jamoasiga (1:1, penaltilar seriyasida 2:3) imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Fenerbahche Fenerbahche
Bugungi yangiliklar