Urugvay milliy jamoasi va Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Federiko Valverde jamoadan Daniel Karvaxal ketgach, klubning asosiy sardoriga aylanadi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Joze Mourinio omadsiz mundialga qaramay, futbolchining imkoniyatlariga shubha qilmayapti. Portugaliyalik mutaxassis iyul oyi o‘rtalarida start oladigan mavsumoldi yig‘inidayoq Valverde bilan alohida uchrashib, barchasini gaplashib olmoqchi.
Bundan tashqari, klubdagilar Karvaxal ketgach, aynan Valverde jamoadagi yetakchilikni o‘z bo‘yniga olishiga ishonishmoqda.
Federiko Valverde 2016-yildan buyon «Real» tizimida faoliyat olib boradi.
O‘tgan mavsumda yarimhimoyachi umumiy hisobda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi.