Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe «Bavariya» vingeri Maykl Oliseni «qirollik klubi»ga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.
Chiringuito TV xabariga ko‘ra, Mbappe Fransiya milliy jamoasidagi jamoadoshi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Yaqin kunlarda 24 yoshli futbolchi «Bavariya» rahbariyati bilan uchrashib, o‘z kelajagini muhokama qiladi.
O‘tgan mavsumni yuqori saviyada o‘tkazgan Olise Madrid klubining asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylangan. U barcha musobaqalarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi haftalarda OAVda Maykl Olisening kelajagi borasida ko‘plab transfer mish-mishlari tarqalmoqda.
Ma'lumot uchun, Transfermarkt portali 24 yoshli vingerning transfer qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.