Live
1
O'zbek

Rasman: Nikolas Jekson «Chelsi»ga qaytdi

Futbol
2 iyul, 07:30
«Bavariya» senegallik hujumchini to‘liq sotib olish huquqidan foydalanmadi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Rasman: Nikolas Jekson «Chelsi»ga qaytdi
Foto: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi Nikolas Jeksonning «Chelsi»ga qaytganini rasman e'lon qildi.

Nemis grandi senegallik hujumchini to‘liq transfer qilish imkoniyatidan foydalanmaslikka qaror qildi. Avvalroq klub rahbariyati futbolchining 64 million yevrolik sotib olish bandini juda yuqori deb hisoblagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shunga qaramay, «Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Jeksonning o‘yini va mehnatidan to‘liq qoniqqan. Endilikda futbolchining kelajagi borasidagi qarorni «Chelsi» rahbariyati qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Nikolas Jekson 2025/26 yilgi mavsumni ijara asosida «Bavariya» safida o‘tkazdi.

Ma'lumot uchun, 24 yoshli hujumchi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar