Live
1
O'zbek

Vitinya: «Portugaliya faqat g‘alaba haqida o‘ylamoqda»

Futbol
2 iyul, 07:07
Yarimhimoyachi Xorvatiyaga qarshi bahs oldidan tanqidlarni qabul qilishlarini aytdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Vitinya: «Portugaliya faqat g‘alaba haqida o‘ylamoqda»
Foto: Getty Images
02.07.2026, 19:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - Xorvatiya Xorvatiya

Portugaliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Vitinya JCH-2026 1/8 finalida Xorvatiyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘tgan uchrashuvda havo juda issiq va nam edi, ammo buni bahona qilmoqchi emasman. Kolumbiyaga qarshi o‘yinda maydonda bo‘lganlarimiz to‘p nazoratini yetarlicha ushlab tura olmaganimizni his qildik.

Biz o‘yinimizni yaxshilashni istaymiz va bunday bosqichda xatoga umuman o‘rin yo‘qligini yaxshi tushunamiz. Maqsadimiz — g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqish.

Tanqidlarni juda yaxshi tushunaman va ularni ochiq ko‘ngil bilan qabul qilamiz. Biz maqtov izlamaymiz. Qaysi jihatlarimiz yaxshi, qaysilari ustida ishlashimiz kerakligini yaxshi bilamiz.

Muxlislarning qo‘llab-quvvatlovini qadrlaymiz va ulardan bizga ishonishda davom etishlarini so‘raymiz.

Hech kim bizdan ko‘ra ko‘proq g‘alaba qozonishni xohlamaydi. Hech kim o‘zini bizdan ko‘ra yaxshiroq ko‘rsatishni istamaydi. Maydonda aynan shuni isbotlashga harakat qilamiz», — dedi Vitinya.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya milliy jamoasi JCH-2026 1/8 finalida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.

Ma'lumot uchun, ushbu uchrashuv 3 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. G‘olib jamoa mundial chorakfinaliga yo‘l oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Xorvatiya Xorvatiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar