«Chelsi» himoyachisi Trevo Chaloba faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda «Inter» 26 yoshli futbolchiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirgan. Milan klubi himoyachini transfer qilishga jiddiy kirishgan bo‘lsa, «Komo» ham ushbu kurashga qo‘shilgan.
Ayni paytda Chaloba Angliya milliy jamoasi safida JCH-2026da ishtirok etmoqda. Biroq himoyachi ushbu mundialda hozircha birorta ham uchrashuvda maydonga tushgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Trevo Chaloba o‘tgan mavsum «Chelsi» safida barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.
Ma'lumot uchun, Transfermarkt portali 26 yoshli himoyachining transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.