"Rayo Valekano" himoyachisi Pep Chavarriya faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqida insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Chelsi" 28 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. London klubi Chavarriya bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishgan.
Klublar o'rtasidagi muzokaralar hanuz davom etayotgan bo'lsa-da, transfer yakunlanishga yaqin turibdi.
O'tgan mavsumda u barcha turnirlarda jami 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan, futbolchining transfer bahosi esa 10 million yevroga baholanmoqda.