Ispaniya chempionatining 14-turida «Betis» o‘z maydonida «Rayo Valyekano»ni qabul qilib, 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Bellashuvdagi yagona gol 72-daqiqada Xorxe de Frutos tomonidan kiritildi.
Ushbu natijadan so‘ng «Betis» 27 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda qoldi. «Rayo Valyekano» esa 13 ta bahsda 15 ochko jamg‘arib, 12-pog‘onadan joy oldi.
La Liga. 14-tur
Betis — Rayo Valyekano 0:1
Gol: Xorxe de Frutos 72.
Betis: Valles, Firpo (Garsiya, 46), Bellerin (Perrott, 63), Bartra, Natan, Antoni (Ruibal, 63), Fornals (Deossa, 79), Roka, Isko, Ez Abde, Ernandes (Morante, 63).
Rayo Valyekano: Audero, Pedrosa, Ratiu, Lexyun, Sis, Alvaro Garsiya (Tsitaishvili, 65), Palason (Dias, 73), Samake (Valentin, 86), Unai Lopes, de Frutos, Kamello (Nteka, 73).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi