Live
4
O'zbek

Sindarov va Gukesh shaxmat toji uchun matchning to‘rtinchi partiyasida ham durang o‘ynadi

Boshqalar
28 noyabr, 12:47
    33
Shaxmatchilar o‘rtasidagi beshinchi partiya 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Sindarov va Gukesh shaxmat toji uchun matchning to‘rtinchi partiyasida ham durang o‘ynadi
Фото: Getty Images

Shveytsariyaning Jeneva shahrida shaxmat toji uchun FIDE Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov hamda amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi to‘rtinchi partiyada ham tomonlar murosaga keldi.

Bu galgi qarama-qarshilikda Gukesh oq, Sindorov esa qora donalarda harakat qildi. 34-yurishga kelib vaziyat uch marta takrorlangani sababli bahs durang bilan yakunlandi. Shu tariqa, to‘rt partiyadan so‘ng matchdagi umumiy hisob 2:2 ko‘rinishiga keldi.

Shaxmatchilar o‘rtasidagi beshinchi partiya 29-noyabr, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

33 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar