«Ayaks» klubi Lui van Gaal bilan hamkorlik yakunlanganini rasman e'lon qildi.
74 yoshli mutaxassis 2023 yildan buyon klub kuzatuv kengashining maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib, futbolga oid masalalar bo‘yicha rahbariyatga tavsiyalar berib kelayotgandi. Uning klubni tark etgani Amsterdam jamoasining rasmiy sayti orqali ma'lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Lui van Gaal murabbiylik faoliyati davomida «Ayaks», «Barselona», «Bavariya», «Manchester Yunayted» hamda Niderlandiya milliy jamoasini boshqargan.
Ma'lumot uchun, «Ayaks» 2025/26 yilgi Erediviziya mavsumini turnir jadvalining 5-o‘rnida yakunladi.