Amsterdamning «Ayaks» klubi braziliyalik himoyachi Kayo Enrikeni «Monako»dan o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e'lon qildi.
Futbolchi Niderlandiya grandi bilan 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
O‘tgan mavsum Kayo Enrike barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 12 million yevroga baholanmoqda.
Faoliyati davomida braziliyalik himoyachi «Atletiko», «Gremio», «Fluminense» va boshqa klublar safida ham to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, «Ayaks» o‘tgan mavsum Erediviziyani beshinchi o‘rinda yakunlagandi.