Bu haqda Bundesliga vakili o‘zining rasmiy saytida xabar berdi.
«RB Leypsig» klubi yaponiyalik hujumkor yarimhimoyachi Ota Yamamoto bilan shartnoma imzoladi. Germaniya jamoasi 22 yoshli futbolchini Yaponiyaning «Kashiva Reysol» klubidan xarid qildi.
Yamamoto «RB Leypsig» bilan 2031-yilgacha mo‘ljallangan bitimga imzo qo‘ydi. Shu yilning fevral oyidan to iyunga qadar yaponiyalik «RB Omiya Ardiya» jamoasi safida ijarada to‘p tepib, 19 o‘yinda 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma yetkazib berdi. Futbolchi 2026/2027-yilgi mavsumni ham «RB Omiya Ardiya» jamoasida o‘tkazadi.
«Otaga yangi mavsumda va kelajakda omad yor bo‘lishini hamda o‘sishda davom etishini tilab qolamiz», — deyiladi «RB Leypsig» matubot xizmati xabarida.