Live
1
O'zbek

Runi: «Keynni «Manchester Yunayted»da ko‘rishni istardim»

Futbol
30 iyun, 12:15
Angliya afsonasi Harri Keynni APLga qaytishga va «qizil iblislar» safiga qo‘shilishga chaqirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Runi: «Keynni «Manchester Yunayted»da ko‘rishni istardim»
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi «Bavariya» klubi va Angliya milliy jamoasi forvardi Harri Keynni aynan Manchester klubida ko‘rishni istashini aytdi.

«Menimcha, bu variant barchaga qiziq bo‘lardi. Agar Harri Keyn «Bavariya»da qolmasa, uni «Manchester Yunayted»da ko‘rishni istardim. Agar u meni eshitayotgan bo‘lsa, shuni aytaman: «Harri, seni bu yerda Shirerning APLdagi rekordini yangilash imkoniyati kutmoqda. Kel va «MYu»ni yana avvalgi shon-shuhratiga qaytar!»

Tasavvur qiling, Harri Keyn Bundesliga chempioniga aylandi, keyin «Barselona»ga o‘tib La Ligani ham yutdi. Lekin ich-ichidan u baribir Angliya Premyer-ligasida ham chempion bo‘lishni istaydi. Agar u «Manchester Yunayted»ga o‘tsa, aynan o‘sha futbolchi klubni yana chempionlikka olib chiqishi mumkin», — dedi Runi.

Eslatib o‘tamiz, Harri Keyn 2023 yildan buyon Myunxenning «Bavariya» klubi safida to‘p surib kelmoqda.

Ma'lumot uchun, Keyn APL tarixidagi eng yaxshi to‘purar Alan Shirer rekordiga yaqinlashayotgan futbolchilardan biri hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar