Bugun
3
O'zbek

Keyn bu yoz «Barselona»ga o‘tmaydi — manba

Futbol
30 iyun, 10:22
«Bavariya» klubi va Angliya milliy jamoasi hujumchisi ushbu yozgi transfer oynasida jamoasini alishtirmoqchi emas.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Keyn bu yoz «Barselona»ga o‘tmaydi — manba
Foto: Getty Images

Bu haqda jurnalist va insayder Reshad Raxman o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

«Bavariya» klubi va Angliya milliy jamoasi yetakchisi Harri Keyn bu yoz «Barselona» safiga ko‘chib o‘tmaydi.

Manbaning xabariga ko‘ra, forvard Myunxen jamoasidagi holatidan mamnun ekanligi haqida Kataloniya klubi xabardor qilingan. Katta ehtimol bilan yaqin orada futbolchi «Bavariya» bilan yangi bitimga imzo chekadi.

Eslatib o‘tamiz, Keyn 2023-yil Germaniya grandi safiga borib qo‘shilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan.

Yakuniga yetgan mavsum Keyn nemis klubi safida 51 ta o‘yinda 61 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Transfermarkt portali angliyalikning aktual transfer narxini 60 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar