Bugun
3
O'zbek

Joan Garsiya: «Xulian Alvares jamoamizni yanada kuchaytirardi»

Futbol
30 iyun, 05:59
«Barselona» darvozaboni argentinalik hujumchi haqida o‘z fikrini bildirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Joan Garsiya: «Xulian Alvares jamoamizni yanada kuchaytirardi»
Foto: Getty Images

«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresning ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

«Xulian bizning jamoamizni sifat jihatidan sezilarli darajada kuchaytirardi. Tarkibda qanchalik ko‘p yuqori saviyali futbolchilar bo‘lsa, jamoa shunchalik kuchli bo‘ladi.

Albatta, hamma Xulianning qanday futbolchi ekanini biladi. Ammo u hozir «Atletiko» futbolchisi. Biz uning yoki klublarning qarorlariga ta'sir qila olmaymiz. Matbuotda yozilayotgan xabarlar qanchalik haqiqat ekanini ham hech qachon bilmaysiz. Shu sababli bunday mish-mishlarga ortiqcha e'tibor qaratmaymiz», — dedi Garsiya RAC1 nashriga.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xulian Alvares «Atletiko»ni tark etishni istayotganini ochiq aytgandi. 26 yoshli argentinalikning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Hozirda Alvares Argentina bilan JCH-2026da ishtirok etmoqda va 1/16 finalda Kabo-Verdega qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar