Kuni kecha musobaqaning pley-off bosqichi start oldi. 1/16 finalda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan dastlabki jamoalar nomi ma’lum bo‘lib ulgurdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jahon chempionati-2026 guruh bosqich o‘yinlarini tomosha qilish uchun 4 644 549 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Xalqaro futbol federatsiyasining ma’lum qilishicha, bunday raqamlar rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur mundialda tarixda ilk bor 48 milliy jamoa ishtirok etmoqda. Guruh bosqichida jami 72 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.