Bugun
3
O'zbek

«Real» Entso Fernandes transferi bo‘yicha muzokara olib bormayapti — Romano

Futbol
30 iyun, 08:38
Fabritsio Romano madridliklar va «Chelsi» o‘rtasida hech qanday aloqa yo‘qligini ma'lum qildi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Real» Entso Fernandes transferi bo‘yicha muzokara olib bormayapti — Romano
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Chelsi» yarimhimoyachisi Entso Fernandes transferi bo‘yicha muzokara olib borayotgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turli mish-mishlarga qaramay, ayni paytda «Real» va «Chelsi» o‘rtasida argentinalik futbolchining transferi yuzasidan hech qanday muzokara mavjud emas.

Shu bilan birga, «qirollik klubi» Entso Fernandesning o‘yinlarini yuqori baholaydi. Biroq u jamoani kuchaytirish uchun ko‘rib chiqilayotgan besh nafar nomzoddan biri xolos.

25 yoshli yarimhimoyachi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Entso Fernandesning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning iyuniga qadar amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar