Bugun
3
O'zbek

Kukurelya: «Mbappe va Vinisius uchun o‘zimni qurbon qilishga tayyorman»

Futbol
30 iyun, 08:28
«Real»ning yangi himoyachisi jamoa g‘alabasi yo‘lida har qanday vazifani bajarishga tayyorligini aytdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Kukurelya: «Mbappe va Vinisius uchun o‘zimni qurbon qilishga tayyorman»
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya 2026/27 yilgi mavsum oldidan o‘z maqsadlari haqida gapirdi.

«Men Mbappe va Vinisius uchun o‘zimni qurbon qilishga tayyorman. Jamoamiz g‘alaba qozonishi uchun maydondagi barcha og‘ir ishlarni bajaraman. Mening yagona maqsadim — g‘alaba qozonish», — dedi Kukurelya. Uning so‘zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Mark Kukurelya 2026 yil 15 iyun kuni «Chelsi»dan «Real»ga o‘tdi. Transfer qiymati 55+5 million yevroni tashkil etdi. Futbolchi Madrid klubi bilan 2032 yilgacha mo‘ljallangan olti yillik shartnoma imzolagan.

Hozirda Kukurelya Ispaniya milliy jamoasi safida JCH-2026 bahslarida ishtirok etmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar