Bugun
3
O'zbek

Kimmix Germaniya milliy jamoasi safida antirekord muallifiga aylandi

Futbol
30 iyun, 08:48
Yarimhimoyachi 100 dan ortiq o‘yin o‘tkazganiga qaramay, jamoa bilan yirik sovrin yuta olmadi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Kimmix Germaniya milliy jamoasi safida antirekord muallifiga aylandi
Foto: Getty Images
29.06.2026 AP Jahon chempionati (JCH-2026) Germaniya Germaniya (3) 1 : 1 (4) Paragvay Paragvay

Germaniya milliy jamoasining JCH-2026dagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so‘ng Yozua Kimmix o‘ziga xos antirekord egasiga aylandi.

Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, 31 yoshli yarimhimoyachi Germaniya safida 114 ta uchrashuv o‘tkazgan. Shunga qaramay, u Jahon yoki Yevropa chempionati kabi yirik musobaqalarda birorta ham sovrin qo‘lga kirita olmagan.

Kimmixning milliy jamoadagi eng yaxshi natijasi — Yevro-2016 yarimfinali hisoblanadi. U kamroq nufuzli musobaqa sanaladigan Konfederatsiyalar kubogida esa chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Taqqoslash uchun, Germaniya milliy jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan Lotar Matteus (150 uchrashuv) Jahon va Yevropa chempionati g‘olibi bo‘lgan.

Shuningdek, Miroslav Kloze (137), Lukas Podolski (130), Manuel Noyer (128+), Bastyan Shvaynshtayger (121), Toni Kroos (114) va Filipp Lam (113) ham 2014 yilgi Jahon chempionatida Germaniya bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Frans Bekkenbauer, Yurgen Klinsmann va Germaniya safida 100 tadan ortiq o‘yin o‘tkazgan yana bir qator afsonaviy futbolchilar ham faoliyati davomida yirik xalqaro turnirlarda g‘olib chiqqan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Paragvay Paragvay
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar