Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kumanning yaqin orada iste'foga chiqarilishi kutilmoqda.
De Telegraaf nashri jurnalisti Yeron Kapteynsning fikricha, JCH-2026dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng mutaxassis o‘z lavozimini saqlab qola olmaydi.
«Kuman Niderlandiya bilan muvaffaqiyatga erisha olmadi. Shu sababli muxlislar unga nisbatan juda tanqidiy munosabatda. Menimcha, u albatta iste'foga chiqariladi. Bundan tashqari, hozirgi avlod 2008–2010 yillardagi Niderlandiya terma jamoasi darajasida emas», — dedi Kapteyns.
Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya JCH-2026 1/16 finalida Marokashga qarshi bahsda 1:1 hisobini qayd etdi va penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.
Ronald Kuman Niderlandiya jamoasini 2023 yil yanvaridan buyon boshqarib kelmoqda. 2026 yil mart oyida u 63 yoshni qarshi oldi.