Bugun
3
O'zbek

Germaniya futbolchilarining hammasi ham Paragvayga qarshi penalti tepishni istamagan — Bild

Futbol
30 iyun, 10:30
Manbaga ko‘ra, penaltilar seriyasida javobgarlikni o‘z zimmasiga olishni istamagan futbolchilar bo‘lgan.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Germaniya futbolchilarining hammasi ham Paragvayga qarshi penalti tepishni istamagan — Bild
Foto: Getty Images
29.06.2026 AP Jahon chempionati (JCH-2026) Germaniya Germaniya (3) 1 : 1 (4) Paragvay Paragvay

JCH-2026 1/16 finalida Germaniyaning Paragvayga penaltilar seriyasida (3:4) mag‘lub bo‘lishidan so‘ng uchrashuvga oid yangi tafsilotlar ma'lum bo‘ldi.

Bild nashri xabariga ko‘ra, penaltilar seriyasi vaqtida Germaniya milliy jamoasi ichida oltinchi zarbani tepishga tayyor futbolchini topishda muammolar yuzaga kelgan.

Beshinchi zarbadan keyin hisob 3:3 bo‘lib turgan paytda «Bavariya» himoyachisi Jonatan Ta to‘p oldiga bordi. Manbaning ta'kidlashicha, u buni boshqa futbolchilar ikkilanib turgani sababli qilgan.

O‘sha vaqtda maydonda Leon Goretska, Valdemar Anton, Natan Braun, Malik Tiau va darvozabon Manuel Noyer ham bor edi.

30 yoshli Ta faoliyatida ilk bor penalti tepdi, biroq uning zarbasi darvozadan ancha yuqoriga ketdi. Shundan so‘ng Paragvay o‘z urinishini aniq amalga oshirib, Germaniyani turnirdan chiqarib yubordi.

Jonatan Ta uchrashuvning eng omadsiz qahramonlaridan biriga aylandi. U qo‘shimcha bo‘limlarda bosh bilan gol urgandi, ammo VAR tekshiruvidan so‘ng hakam Valdemar Antonning Paragvay darvozaboniga nisbatan qoidabuzarlik qilganini qayd etib, golni bekor qildi.

Bild bu holatni 2012 yilgi Chempionlar ligasi finali bilan ham taqqosladi. O‘shanda «Bavariya» va «Chelsi» o‘rtasidagi penaltilar seriyasida ham ayrim myunxenlik futbolchilar zarba berishni istamagan va uchinchi bo‘lib nuqtaga darvozabon Manuel Noyer kelgan edi. Nashrning fikricha, bu safargi voqea ham Germaniya futbolida yetakchilik va g‘oliblik ruhiyati yetishmayotganini yana bir bor ko‘rsatdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Paragvay Paragvay
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar