«Barselona» 23 yoshli vinger Ansu Fatining «Monako»ga to‘liq transfer asosida o‘tganini rasman e'lon qildi.
Kataloniya klubi ma'lumotiga ko‘ra, Fransiya vakili futbolchini ijaraga olish shartnomasida belgilangan sotib olish bandini faollashtirgan. Shundan so‘ng Fati «Monako» bilan 2030 yilning iyunigacha mo‘ljallangan to‘rt yillik shartnoma imzoladi.
O‘tgan mavsum ispaniyalik futbolchi Liga 1 doirasida «Monako» safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol muallifiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Ansu Fati 2025 yilning yozidan buyon «Monako» safida ijara asosida to‘p surayotgandi.
Ma'lumot uchun, Fati «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va asosiy jamoa safida bir necha mavsum davomida to‘p surgan.