Bugun
3
O'zbek

«Milliy jamoamizni tantanali kutib olamiz. Osiyo kubogiga bugundan tayyorlanamiz» — Shavkat Mirziyoyev

Futbol
30 iyun, 09:26
Prezident O‘zbekiston milliy jamoasining JCH-2026dagi ishtirokiga baho berib, kelgusi maqsadlarni belgilab berdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Milliy jamoamizni tantanali kutib olamiz. Osiyo kubogiga bugundan tayyorlanamiz» — Shavkat Mirziyoyev
Foto: Getty Images

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev milliy jamoaning JCH-2026dagi ishtiroki yuzasidan fikr bildirib, jamoa tarixiy natijaga erishganini ta'kidladi.

«O‘zbekiston milliy jamoasi Mustaqilligimizning 35 yilligida tarixda ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etdi. Mana shuning o‘zi biz uchun juda katta voqea bo‘ldi.

Dunyoning eng nufuzli futbol maktablari bilan hamkorlik qilib, o‘zbek futbolining brendini shakllantirishga harakat qilamiz. Chunki endilikda xalqimiz keyingi mundialda qanday ishtirok etishimizni kutadi.

Bundan buyon iqtidorli yoshlarga yanada katta e'tibor qaratiladi. Kelgusi yilning yanvar oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga bugundan tayyorgarlikni boshlaymiz. Men topshiriq berdim: futbolchilarimizni katta tantana bilan kutib olamiz va bo'lajak musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz.

Biz jamoamizga ishonamiz va ularni yana butun xalqimiz bilan qo‘llab-quvvatlaymiz. Men yigitlarga allaqachon aytganman — ular tarix yaratishdi.

Biz futbolni umummilliy sport turiga aylantiramiz. Futbol va ushbu mundial xalqimizni yanada jipslashtirdi. Oldinda bu borada yana ko‘plab ijobiy ishlarni amalga oshiramiz. Endi ortga yo‘l yo‘q. Bundan keyin faqat sabr qilish kerak va natija albatta keladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DRga qarshi bahslarda maydonga tushdi. Vakillarimiz uchala uchrashuvda ham mag‘lub bo‘lib, musobaqani guruh bosqichidayoq yakunladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar