Bugun
3
O'zbek

Syomin: «Marokash JCH-2026 yarimfinaliga ham chiqishi mumkin»

Futbol
30 iyun, 09:54
Tajribali murabbiy Marokash milliy jamoasining jahon chempionati 1/8 final bosqichiga chiqishni uddalaganiga izoh berdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Syomin: «Marokash JCH-2026 yarimfinaliga ham chiqishi mumkin»
Foto: Getty Images
04.07.2026, 13:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Kanada Kanada - : - Marokash Marokash

Tajribali murabbiy Yuriy Syomin JCH-2026 1/8 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Marokash milliy jamoasining salohiyati va imkoniyatlari haqida gapirdi. 1/16 finalda (1:1) marokashliklar penaltilar seriyasida Niderlandiyani mag‘lub etishdi.

«Avvalgi mundialda, 2022-yildayoq hamma Marokashning kuchini ko‘rgandi, endi barcha buni 2026 yildagi jahon chempionati guruh bosqichida ko‘rishdi. Nazariy jihatdan marokashliklar JCH-2022 muvaffaqiyatini takrorlashlari va yarimfinalga yetib borishlari mumkin, ammo buni amalga oshirish juda qiyin bo‘ladi», - dedi Syomin.

Ma’lumot uchun, 1/8 final bosqichida Marokash milliy jamoasi mezbonlardan biri Kanadaga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2022da jamoa 4-o‘rinni egallagan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kanada Kanada
  • Marokash Marokash
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar