Xorvatiya, Marokash va Paragvay Jahon chempionatlari tarixida penaltilar seriyasida bir necha bor qatnashib, ularning barchasida g‘alaba qozongan yagona terma jamoalar bo‘lib turibdi.
Bu haqda Opta statistik portali ma'lum qildi.
Xorvatiya mundiallarda to‘rt marta penaltilar seriyasida ishtirok etgan va ularning barchasida zafar quchgan:
JCH-2018 1/8 finali — Daniya (3:2);
JCH-2018 chorakfinali — Rossiya (4:3);
JCH-2022 1/8 finali — Yaponiya (3:1);
JCH-2022 chorakfinali — Braziliya (4:2).
Marokash esa ikki penaltilar seriyasida ham muvaffaqiyat qozongan:
JCH-2022 1/8 finali — Ispaniya (3:0);
JCH-2026 1/16 finali — Niderlandiya (3:2).
Paragvay ham ikki urinishning har ikkalasida g‘alaba qozongan:
JCH-2010 1/8 finali — Yaponiya (5:3);
JCH-2026 1/16 finali — Germaniya (4:3).