«Tottenhem» darvozabon Antonin Kinski bilan yangi shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.
23 yoshli posbon yangi bitim imzolanganidan so‘ng klubga bo‘lgan ishonchi uchun minnatdorligini bildirdi.
«Juda xursandman va klubning menga ishonayotganini his qilyapman. Bu yerga bir yarim yil avval kelganimda asosiy tarkibdan joy olish va har hafta maydonga tushishni maqsad qilgandim. Hammamiz muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazishimizga ishonamiz va men ham jamoa yutuqlariga o‘z hissamni qo‘shishni istayman», — dedi Kinski.
Eslatib o‘tamiz, Antonin Kinski 2025 yilning yanvar oyida Praganing «Slaviya» klubidan «Tottenhem» safiga kelib qo‘shilgan.
Shu vaqtgacha u London klubi safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularning oltitasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.