Bugun
3
O'zbek

Kukurelya: «Rodrini «Real»da ko‘rishni istardim»

Futbol
30 iyun, 10:59
Ispaniya milliy jamoasi himoyachisi jamoadoshlaridan kimni Madrid klubida ko‘rishni istashi haqidagi savolga javob berdi
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Kukurelya: «Rodrini «Real»da ko‘rishni istardim»
Foto: Getty Images

Yaqindagina «Real Madrid» bilan shartnoma imzolagan ispaniyalik himoyachi Mark Kukurelya milliy jamoa o‘yinchilaridan qaysi birini «qaymoqranglilar» safida ko‘rishni xohlashi haqidagi savolga javob berdi.

«Ispaniya milliy jamoasidan kimni men «Real»ga qo‘shib olgan bo‘lardim? Rodri», — dedi futbolchi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Kukurelya 15 iyun kuni rasman Londonning «Chelsi» klubidan «Real»ga o‘tdi. Himoyachi madridliklar bilan 2032-yil yozigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Rodri 2019-yildan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib keladi. Yakuniga yetgan mavsumda yarimhimoyachi 33 o‘yinda 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Hozirda har ikki futbolchi Ispaniya milliy jamoasi tarkibida AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan mudialdagi ishtirokini davom ettirmoqda.

Bugungi yangiliklar