Live
1
O'zbek

Noyer Germaniya milliy jamoasi tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar orasida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi

Futbol
30 iyun, 11:46
Afsonaviy darvozabon milliy jamoadagi faoliyatini 129 uchrashuv bilan yakunladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Noyer Germaniya milliy jamoasi tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar orasida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi
Foto: Getty Images

Germaniya milliy jamoasi darvozaboni Manuel Noyer JCH-2026 1/16 finalida Paragvayga qarshi bahsda maydonga tushib, milliy jamoa safidagi 129-uchrashuvini o‘tkazdi.

Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlar 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa Paragvay 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Bu Germaniya tarixidagi Jahon chempionatlarida penaltilar seriyasidagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.

129 ta o‘yin bilan 40 yoshli Noyer Germaniya jamoasi tarixida eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ushbu reytingning yuqori pog‘onalaridan quyidagi futbolchilar joy olgan:

Lotar Matteus — 150 ta o‘yin;
Miroslav Kloze — 137 ta;
Tomas Myuller — 131 ta;
Lukas Podolski — 130 ta;
Manuel Noyer — 129 ta.

Mazkur futbolchilarning barchasi Germaniya bilan Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Noyer ham 2014 yilgi mundial g‘oliblari safida bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, afsonaviy darvozabon Paragvayga qarshi bahsdan so‘ng Germaniya jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini rasman e'lon qildi.

Bugungi yangiliklar