Bugun
3
O'zbek

Reshford mashg‘ulotlarga qaytdi, lekin uning «MYU»dagi kelajagi noma’lumligicha qolmoqda

Futbol
30 iyun, 11:27
Klub forvardning jamoa bilan mavsumoldi yig‘ini davomidagi mashg‘ulotlarga qaytganidan xursand.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Reshford mashg‘ulotlarga qaytdi, lekin uning «MYU»dagi kelajagi noma’lumligicha qolmoqda
Foto: Getty Images

Bu haqda Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

«Manchester Yunayted» forvard Markus Reshfordning jamoa bilan mavsumoldi yig‘ini davomidagi mashg‘ulotlarda ishtirok etishidan xursand. Klub «bozordagi» vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadi. Hujumchi ham Manchesterda faoliyatini davom ettirishga ochiq, biroq hozirda uning mavsumoldi yig‘inga qo‘shilishi uning jamoada 100% qolishi borasida hech qanday kafolat bermaydi.

Avvalroq «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Reshfordning qaytishi mumkinligini istisno qilmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2025/2026-yilgi mavsumni «Barselona»da ijarada o‘tkazgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar