Madridning «Atletiko» klubi himoyachi Alexandro Grimaldoni «Bayer»dan o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e'lon qildi.
30 yoshli futbolchi «matraschilar» bilan 2030 yil 30 iyungacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.
Grimaldo 2023 yilning yozidan buyon Leverkuzenning «Bayer» klubida to‘p surdi. U nemis jamoasi safida 145 ta uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 45 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniyalik futbolchi «Bayer» bilan Bundesliga, Germaniya Kubogi va Germaniya Superkubogida g‘olib chiqqan.
Ma'lumot uchun, hozirda Grimaldo Ispaniya milliy jamoasi safida JCH-2026 bahslarida ishtirok etmoqda.