Bo‘lajak o‘yin oldidan «qizil furiya» xavbeki Aleks Baena fikr bildirdi.
«Men Avstriyaning Argentina bilan o‘yinini ko‘rdim. Jamoa yaxshi taassurot qoldirdi. Ularning tarkibida ajoyib futbolchilar bor. Avstriyaliklar to‘pni yaxshi nazorat qila oladi va yakkakurashlarga faol tarzda kirishadi. Bizni qiyin o‘yin kutmoqda. Xato qilmasligimiz zarur. Eng kichik kamchilik ham jahon chempionati bilan xayrlashishimizga sabab bo‘lishi mumkin», - deya yarimhimoyachi so‘zlaridan iqtibos keltirdi Mundo Deportivo.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya – Avstriya o‘yini payshanba, 2 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.