Germaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Yozua Kimmix JCH-2026 yakunlanganidan so‘ng milliy jamoadagi faoliyatini davom ettirishini ma'lum qildi.
31 yoshli futbolchi milliy jamoadan ketish niyati yo‘qligini va yangi urinishlar uchun doim tayyor ekanini ta'kidladi.
«Menda yana bir bor urinib ko‘rishga doim kuch topiladi. Men hech qachon taslim bo‘lmayman», — dedi Kimmix.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya JCH-2026 1/16 finalida Paragvayga penaltilar seriyasida (1:1, penaltilar — 3:4) mag‘lub bo‘ldi. Bu «bundestim» tarixidagi Jahon chempionatlarida penaltilar seriyasidagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.
«Bavariya» futbolchisi turnir davomida barcha uchrashuvlarda to‘liq 120 daqiqa harakat qildi va jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. Kimmix 2024 yildan buyon Germaniya jamoasi sardori hisoblanadi va milliy jamoa safida 114 ta uchrashuv o‘tkazgan.