«Chelsi» yozgi transfer oynasida «Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘ldi.
El Nacional xabariga ko‘ra, London klubi 19 yoshli futbolchi uchun «Barselona»ga 80 million yevro taklif qilgan, biroq kataloniyaliklar bu taklifni rad etgan.
Manbaga ko‘ra, «Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso himoya chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan va Kubarsini yozgi transfer oynasidagi asosiy nishonlardan biri sifatida ko‘rmoqda.
Biroq «Barselona» o‘z tarbiyalanuvchisini jamoaning ajralmas qismi deb hisoblamoqda va uning transferi bo‘yicha muzokara olib borishni istamayapti.
Pau Kubarsi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.