«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso yarimhimoyachi Entso Fernandesning Madridning «Real» klubiga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqchi.
Jurnalist Migel Serrano xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis yaqinda jamoani qabul qilib olganidan so‘ng argentinalik futbolchini saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
Biroq agar «Chelsi» baribir Entso Fernandesni sotishga qaror qilsa, Alonso rahbariyatdan uning o‘rniga «Real» yarimhimoyachisi Orelen Tchuamenini transfer qilishni so‘raydi.
25 yoshli Entso Fernandes o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.