«Chelsi» italiyalik mutaxassis Enzo Mareskaning jamoani tark etishi yuzasidan rasmiy bayonot e'lon qildi.
Ta'kidlanishicha, klub Mareskani «shaharliklar»da ish boshlanishini avvaldan bilgan.
«Biz uning aynan shu ishni olishni qattiq xohlayotganini va uzoq muddatli shartnomaga ega bo'lishiga qaramay, butun e'tiborini shu imkoniyatga qaratganini tushundik.
2025 yil dekabr oyida bosh murabbiy kutilmaganda iste'foga chiqdi. Tabiiyki, biz o'zimizni aldangandek his qildik. Chunki uning xayoli va qalbi allaqachon boshqa klub va boshqa imkoniyat bilan band edi, holbuki u bor-yo'g'i bir yil avval «Chelsi»ga kelgandi», — deyiladi bayonotda.
London klubi mavsum o'rtasida bosh murabbiyni almashtirishni istamaganini, ammo Mareska mavsum oxirigacha o'z vazifasini bajarishni rad etgani uchun uning iste'fosini qabul qilishdan boshqa chora qolmaganini bildirdi.
Shuningdek, «Chelsi» va «Manchester Siti» o'rtasida maxfiy kelishuvga erishilgani ma'lum qilindi. Unga ko'ra, Manchester klubi kompensatsiya to'laydi. Enzo Mareskaning o'zi ham alohida kelishuv asosida «Chelsi»ga tovon puli to'laydi.