AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan 2026 yildagi jahon chempionatining guruh bosqich bahslarini 4,6 milliondan ortiq tomoshabin stadionlarda kuzatdi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati ma'lum qildi.
11–28 iyun kunlari guruh bosqich doirasida 48 ta milliy jamoa o'z o'yinlarini o'tkazdi. Shundan 32 tasi pley-off bosqichiga yo'llanma oldi.
Uchinchi tur uchrashuvlari davomida jahon chempionatlari tarixidagi eng yuqori tashrif ko'rsatkich qayd etildi. O'sha vaqtdayoq musobaqaga tashrif buyurgan muxlislar soni 3,6 million nafardan oshgan edi.
Bu bilan 1994 yil AQShda o'tkazilgan jahon chempionatida o'rnatilgan 3,59 millionlik avvalgi rekord ortda qoldirildi.