Germaniya milliy jamoasi hujumchisi Kay Xaverts Paragvayga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
«Bunday lahzalarni har bir futbolchi bolaligidan orzu qiladi. Juda hayajondaman. So‘nggi kunlarda jamoada hamma maydonga chiqishni intiqlik bilan kutganini ko‘rish mumkin edi. Men optimistman va yaxshi o‘yin o‘tkazishimizga ishonaman.
Paragvay kuchli jamoa. Ularning asosiy ustunligi — tajovuzkorlik va yuqori sur’at. Biz esa o‘z futbolimizni ko‘rsatishimiz kerak.
Doim nimani yaxshilash kerakligi haqida suhbatlashamiz. O‘zimiz ham hujumdagi uchligimiz hali to‘liq salohiyatini namoyish etmaganini yaxshi tushunamiz. Bu uchun mas'uliyatni zimamiga olishdan qo‘rqmaymiz. Pley-offni hujumdagi muvaffaqiyatlarimizga start beradigan o‘yin sifatida ko‘ryapmiz.
Menga katta o‘yinlar, eng yuqori darajadagi bahslar yoqadi», — deya Xavertsning so‘zlaridan keltiradi FIFA rasmiy sayti.