Germaniya milliy jamoasi darvozaboni Manuel Noyer Jahon chempionatlarida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilar orasida yana bir pogʻona yuqoriladi.
40 yoshli posbon JCh-2026 3-turidan oʻrin olgan Ekvadorga (1:2) qarshi bahsda toʻliq harakat qildi.
Shu tariqa Noyerning mundiallardagi oʻyinlari soni 22 taga yetdi va u bu borada argentinalik afsona Diego Maradonani (21) ortda qoldirdi.
«Bavariya» aʼzosidan yuqorida 5 futbolchi bor: Paolo Maldini (23, Italiya), Krishtianu Ronaldu (24, Portugaliya), Miroslav Kloze (24, Germaniya), Lotar Matteus (25, Germaniya) va Lionel Messi (28, Argentina).
Noyer JChdagi oʻyinlar soni boʻyicha Maradonani ortda qoldirib, 6-oʻringa koʻtarildi
Futbol
26 iyun, 14:55
Agar Germaniya yarimfinalgacha bora olsa, darvozabon 2-oʻringa chiqishi mumkin.
Foto: Getty Images
25.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Ekvador
2
:
1
Germaniya