Ekvador prezidenti Daniel Noboa jahon chempionati-2026 guruh bosqichi doirasida Germaniya milliy jamoasini mag‘lub etib (2:1), milliy jamoa musobaqa pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgach, 26-iyunni dam olish kuni deb e’lon qildi.
Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
«Tanqidlar, haqoratlar va og‘ir damlarga qaramay, o‘zini tiklab, butun mamlakatga katta quvonch ulashgan futbolchilar va murabbiyga minnatdorchilik bildiraman. Ertaga dam olish kuni! Ekvadorga olqishlar!», - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Ekvador milliy jamoasi 2006-yildan beri ilk bor jahon chempionatining pley-off bosqichida maydonga tushadi.