Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann JCH-2026 3-turidan oʻrin olgan Ekvador (1:2) bilan oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
«O'yinni yaxshi boshlab, tez gol urganimizdan keyin xotirjamroq harakat qilishimiz lozimligini anglab yetishimiz kerak. Maydonda pozitsiyalarni haddan tashqari ko'p almashtirishni boshlamasligimiz kerak. Bahs davomida improvizatsiya juda ko'p bo'ldi.
Ko'proq sabr-toqatli bo'lishimiz, maydondagi tuzilish va joylashuvni yaxshiroq saqlashimiz zarur. Bunga qo'shimcha ravishda to'pni ham tez-tez yo'qotaversak, ma'lum bir paytda o'yin juda qiyinlashib ketadi», — deya Nagelsmanning so'zlarini keltiradi AS.
Nagelsmann mag'lubiyatdan so'ng: «Juda ko'p improvizatsiya qilib yubordik»
Futbol
26 iyun, 03:25
Germaniya bosh murabbiyi Ekvador bilan bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Foto: Getty Images
25.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Ekvador
2
:
1
Germaniya