Myunxenning «Bavariya» klubi sobiq forvardi Tomas Myuller Germaniya milliy jamoasi ustozi Yulian Nagelsmanning jahon chempionati guruh bosqichi 3-tur doirasida Ekvador bilan bahsda (1:2) rotatsiyaga qo‘l urmasligini qo‘llab-quvvatladi.
«Agarda men Yulian Nagelsman bo‘lganimda, xuddi shunday yo‘l tutardim va jamoa stabillikka erishishi uchun harakat qilardim. Men ham darvozada Manuel Noyerni qoldirgan bo‘lardim. Biz bu yerga sovg‘alar ulashish uchun kelmaganmiz», — dedi Myuller Magenta TV efirida.
Ma’lumot uchun, guruhning so‘nggi bahsida Noyer darvozasidan 2 ta to‘p olib chiqdi va Germaniya mag‘lubiyatga uchradi. Shunday bo‘lsa-da, nemislar 6 ochko bilan E guruhidan pley-offga 1-o‘rindan chiqdi.