"Chelsi" klubi "Monako" hujumchisi Folarin Balogunni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini o'rganmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "ko'klar" amerikalik 24 yoshli forvardni kuzatmoqda va sotib olish yo'llarini izlamoqda.
"Monako" amerikalik hujumchini sotishga tayyor, biroq bu faqat xaridor klub moliyaviy talablarni to'liq qondirgan taqdirdagina amalga oshadi. Fransiya klubi futbolchini 50–55 million yevro atrofida baholamoqda.
Balogun uchun kurashda "Chelsi"dan tashqari "Nyukasl", "Borussiya D", "Yuventus" va "Barselona" ham ishtirok etmoqda.
O'tgan mavsumda Folarin barcha turnirlarda 19 ta gol urib, 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.