Live
1
O'zbek

Mareska: "Siti"da ishlar reja asosiada amalga oshiriladi. Murabbiy uchun ideal muhit yaratilgan"

Futbol
29 iyun, 09:42
Enzo "Manchester Siti" bilan uch yillik bitim imzoladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Mareska: "Siti"da ishlar reja asosiada amalga oshiriladi. Murabbiy uchun ideal muhit yaratilgan"
Фото: Getty Images

"Manchester Siti"ga bosh murabbiy sifatida tayinlangan Enzo Mareska "shaharliklar"ga qaytishi haqida fikr bildirdi.

"Manchester Siti — juda yaxshi biladigan klub. Bu jamoani boshqarish imkoniyatiga ega bo'lganimdan juda xursandman.

Aytish kerakki, bu yaxshi boshqariladigan klub. Barcha ishlar reja asosida va aniq maqsad bilan amalga oshiriladi. Murabbiy uchun bu ideal muhit. Bu menga o'z vazifamni samarali bajarish uchun zarur barqarorlikni ta'minlaydi.

Bu mening klubdagi uchinchi faoliyatim. Talablar va kutilmalarni yaxshi bilaman. Menga ishonch bildirganlari uchun ularga minnatdorchilik bildiraman.

Futbolchilar bilan ishlashni sabrsizlik bilan kutyapman. Biz g'alaba qozonishni, chiroyli futbol o'ynashni va "Manchester Siti" sharafini himoya qilish mas'uliyatidan zavq olishni istaymiz", — deya Mareskaning so'zlaridan keltiradi klub rasmiy sayti.

Eslatib o'tamiz, Mareska "Manchester Siti" bilan uch yillik bitim imzoladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar